Davlatimiz rahbarining 2023 yil 28 dekabrdagi «Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko’ra Qashqadaryo viloyatida joylashgan tibbiyot muassasalarida birinchilardan bo‘lib, Yagona tibbiyot axborot tizimi D-MED ishga tushirilmoqda.
🖥Raqamlashtirishga mas’ul tinglovchi xodimlarning bu boradagi bilimlarini shakllantirish, u asosda ishni tashkil etish yuzasidan Yagona integrator — «O‘zinfocom” MCHJ tomonidan viloyat markazidagi respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallari, Qarshi shahar va tumani poliklinikalarda o‘quv-seminarlari tashkil etildi.
💻Sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etilayotgan D-MED axborot tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berildi va kelgusida ushbu axborot tizimi orqali ishni tashkil etishha oid ahamiyatli jihatlar muhokama etildi.