Qashqadaryo viloyatida birinchi marta TR Sore biopsiya prostata jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi

  • Home
  • Qashqadaryo viloyatida birinchi marta TR Sore biopsiya prostata jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi
Shape1
Shape2
Qashqadaryo viloyatida birinchi marta TR Sore biopsiya prostata jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari Fozilov A.A. va To‘xtamishov M.X., shuningdek, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari hamkorligida viloyatimizda ilk bor “TR Sore biopsiya prostata” diagnostik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti 1 nafar bemorda yuqori darajadagi professional yondashuv asosida amalga oshirildi. Bu — nafaqat markaz, balki butun viloyat urologiya sohasidagi tibbiy imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolatdir.

Shuningdek, tashrif doirasida Fozilov A.A. va To‘xtamishov M.X. tomonidan markaz shifokorlari uchun mahorat darslari ham tashkil etilib, tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur amaliyotlar Qashqadaryo viloyatida yuqori texnologik tibbiy xizmatlar joriy etilayotganining amaliy ifodasidir.