Qashqadaryo viloyatida allergologiya xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi 88-sonli buyrug‘ining 27-bandiga hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 15-dekabrdagi 338-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Allеrgologiya bo‘limiga viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining filial maqomi 2020-yilda berilgan.
Bugungi kunda viloyatda 18 yoshdan kattalar orasida allergik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga malakali, ixtisoslashgan diagnostika va davolash xizmati ko‘rsatib kelinmoqda. Ushbu xizmat viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidagi 30 o‘rinli allergologiya bo‘limi, shuningdek, markazning konsultativ-diagnostika bo‘limi hamda tuman poliklinikalaridagi allergologik kabinetlar orqali amalga oshiriladi.
📋 Tashkiliy ma’lumotlar:
• Viloyatda kattalar uchun jami 30 ta o‘rin mavjud (shundan 14 tasi byudjet, 16 tasi xo‘jalik hisobidan).
• Bo‘lim 2022–2023-yillarda joriy kapital ta’mirdan chiqarilgan, sanitar holati qoniqarli.
• Tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun alohida hojatxonalar mavjud.
🩺 Kadrlar salohiyati:
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo mintaqaviy filialida 3 nafar vrach-allergolog faoliyat yuritadi. Vrachlarning jami shtati 0,75 stavkani tashkil etadi va barcha o‘rinlar to‘liq band.
2024-yilda bir nafar xodim Rossiya Federatsiyasida, yana bir nafar xodim esa Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy allergologiya markazida malaka oshirib qaytdi. Shuningdek, bir nafar mutaxassis I toifa, yana biri oliy toifa sertifikatini qo‘lga kiritdi.
💊 Bo‘limda zarur birinchi yordam dori vositalari mavjud bo‘lib, ularning ishlatilish muddati va saqlanish sharoitlariga qat’iy rioya etiladi.
📚 Allergologiya bo‘limi faoliyati quyidagi hujjatlar asosida yo‘lga qo‘yilgan:
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-maydagi PQ-3715-sonli qarori — “Allergik kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
• Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016-yil 6-iyundagi 250-sonli buyrug‘i — “Allergologiya xizmatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”.
• Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 15-dekabrdagi 338-sonli buyrug‘i — “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining mintaqaviy filiallarini tashkil etish to‘g‘risida”.
• Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2016-yil 10-iyundagi 163-sonli buyrug‘i — “Viloyat aholisi uchun allergologiya xizmatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”.
👨⚕️ Bo‘lim boshlig‘i: S. N. Rahmonov
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo mintaqaviy filiali.