Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, murakkab jarrohlik amaliyotlarini zamonaviy talablar asosida amalga oshirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam tashlandi.
Markaz bosh vrachining tashabbusi bilan Neyroxirurgiya hamda Proktologiya bo‘limlari uchun zamonaviy, ko‘p funksiyali yangi operatsion stollari olib kelinib, belgilangan tartibda foydalanishga topshirildi. Ushbu tibbiy uskuna so‘nggi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, yuqori aniqlikni talab etuvchi jarrohlik amaliyotlarini samarali va xavfsiz o‘tkazish imkonini beradi.
Yangi operatsion stol:
🔹 jarrohlik jarayonida shifokorlar uchun maksimal qulaylik yaratadi;
🔹 tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini oshiradi;
🔹 operatsiya vaqtida bemorlar xavfsizligini yuqori darajada ta’minlaydi;
🔹 zamonaviy diagnostika va davolash usullarini keng qo‘llashga xizmat qiladi.
Mazkur yangilik Neyroxirurgiya va Proktologiya bo‘limlarida tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, murakkab operatsiyalarni viloyatning o‘zida amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi zamonaviy tibbiy texnologiyalar, tajribali va malakali mutaxassislar hamda bemor salomatligini ustuvor vazifa sifatida belgilagan holda izchil rivojlanib bormoqda. Markazda joriy etilayotgan har bir yangilik aholiga sifatli, qulay va ishonchli tibbiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgani bilan e’tiborga molik.