Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limida yuqori malakali shifokorlar tomonidan murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Bemorga bel umurtqalari osteoxondrozi hamda VL4–5 va VL5–S1 disklararo churrasi, surunkali ildizchali og‘riq bilan kechuvchi og‘ir tashxis qo‘yilgan edi.
Neyroxirurglar tomonidan “Ochiq usulda VL4–5, VL5–S1 disk churrasini olib tashlash va transpedikulyar fiksatsiya (TPF) bilan umurtqani barqarorlashtirish” amaliyoti bajarildi. Mazkur operatsiya yuqori aniqlik va mutaxassislarning tajribasi evaziga muvaffaqiyatli yakunlanib, bemorning sog‘lig‘i barqarorlashdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday turdagi neyroxirurgik aralashuvlar orqa miya siqilishi, oyoqlarda og‘riq va harakat cheklanishi kabi og‘ir asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Markaz shifokorlari ushbu muvaffaqiyatni bemor salomatligi yo‘lidagi jamoaviy mehnat natijasi deb bilishmoqda.
👉 Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi — zamonaviy uskunalar, malakali shifokorlar va ilg‘or tajribalar uyg‘unlashgan maskan bo‘lib, bugun u nafaqat viloyat, balki respublika miqyosida ham murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyat bilan bajarib kelmoqda.