Kal’siy yetishmovchiligi organizmda jiddiy asoratlarni keltirib chiqaradi

  • Home
  • Kal’siy yetishmovchiligi organizmda jiddiy asoratlarni keltirib chiqaradi
Shape1
Shape2
Kal’siy yetishmovchiligi organizmda jiddiy asoratlarni keltirib chiqaradi

Bugun dunyoda koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallanib sog‘aygan aksariyat bemorlarda tayanch-harakat tizimi, asab va yurak-qon tomir xastaliklari ko‘p uchrayapti. Mutaxassislar bu holatni kasallikdan so‘ng organizmda kal’siy yetishmovchiligi bilan izohlamoqda.

— Darhaqiqat, oxirgi vaqtlarda nafaqat dunyoda, balki yurtimizda ham COVID-19ning og‘ir shaklidan sog‘aygan ba’zi bemorlarda tayanch-harakat tizimi kasalliklari, xususan, suyak yemirilishi, yelka bo‘g‘imlari xastaliklari tez-tez uchramoqda, — deydi tibbiyot fanlari doktori Umida Rustamova.

— Albatta bu holat o‘z-o‘zidan yoki besabab bo‘lmaydi. Avvalo, shuni aytish kerakki, koronavirus tarqala boshlagan ilk yillarda unga chalingan og‘ir bemorlarning aksariyati dori vositalaridan o‘zboshimchalik bilan foydalandi.

Ayniqsa, xastalikning og‘ir shakliga chalingan ba’zi insonlar antibiotik, gormon preparatlari va tomchi ukollarini uy sharoitida palapartish qo‘llashi oqibatida bemorlar organizmida keyinchalik kal’siy moddasining so‘rilishi va uning suyaklarga yetkazilishining pasayishi bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. Bu esa tabiiyki, suyaklarning mo‘rtlashishiga olib keladi.

Aslida, kal’siy yetishmovchiligi keng tarqalgan muammo bo‘lib, organizmda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ya’ni ushbu elementning biologik rolini ortiqcha baholashga hojat yo‘q.

Kal’siy makronutrient bo‘lib (kattalarda o‘rtacha 2,2 kg. gacha), uning deyarli barcha zaxiralari suyak to‘qimasida to‘plangan. Faqat 1 foizigina qon va boshqa biologik suyuqliklarda mavjud. Biroq ana shu kichik qiymat doimiy bo‘lishi lozim.

Aks holda, tanada kal’siy almashinuvi buziladi va organizm o‘zi uchun zarur bo‘lgan elementni suyaklardan olishni boshlaydi.

Ushbu moddaning yetishmovchiligi bilan tanada metobolik jarayonlar izdan chiqadi. Suyaklar, tishlar, soch va tirnoqlar holatiga salbiy ta’sir etadi. Mushaklar, asab va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanadi, immunitet zaiflashadi.

Xususan:

holsizlik va uyqu buzilishi;

ko‘p terlash;

yurak urishining buzilishi;

tez-tez va kuchli bosh aylanishi;

soch to‘kilishi;

ishtaha pasayishi;

mushaklar, bo‘g‘imlar va suyaklarda og‘riqlar kuzatiladi.

Shuningdek, badanda tez-tez titroq yuz beradi. Qolaversa, bolalarda o‘sishning sekinlashuvi ham kal’siy yetishmovchiligidan darak beradi. Ayniqsa, bu holat homiladorlik asoratlari xavfini oshiradi. Shu sababli JSST bo‘lg‘usi onalarga ushbu elementni qo‘shimcha ravishda olishni tavsiya qiladi.

Category

Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipiscing elit ut arcu a dignissim suscipit non ac eget tellus in nisl mauris nec.

Author Image Link

Sarah Taylor

Obstetrics & Gynaecology