Dunyoda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ko‘rsatkichi so‘nggi o‘ttiz yildagi eng past darajaga tushdi

  • Home
  • Dunyoda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ko‘rsatkichi so‘nggi o‘ttiz yildagi eng past darajaga tushdi
Shape1
Shape2
Dunyoda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ko‘rsatkichi so‘nggi o‘ttiz yildagi eng past darajaga tushdi

Dunyoda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ko‘rsatkichi so‘nggi o‘ttiz yildagi eng past darajaga tushdi
Kecha JSST va YuNICEF dunyoda bolalar salomatligini jiddiy xavf ostida qoldirayotgan xavotirli holat haqida qo‘shma bayonotni e’lon qildi.

Unda keltirilishicha, pandemiya davrida o‘g‘il-qizlarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ko‘rsatkichlari sezilarli darajada pasayib bormoqda. Xususan, o‘tgan yili bu borada so‘nggi o‘ttiz yildagi eng kam ko‘rsatkich qayd etilgan.

Masalan, 2021 yilda jahon miqyosida 25 million o‘g‘il-qiz emlanishdan chetda qolgan. Ulardan 18 millioni ko‘kyo‘talga qarshi vaksina olmagan bo‘lib, bu borada Hindiston, Nigeriya, Indoneziya, Efiopiya va Filippin davlatlari yetakchilik qildi.

Odam papilloma virusiga qarshi emlash qamrovi esa 2019 yilda erishilgan natijadan chorak qismga kam.

Difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi uch dozada, ya’ni to‘liq bosqichda vaksina olganlar soni 2019–2021 yillar davomida 5 foizga pasaygan.

Binobarin, o‘tgan yili qizamiqqa qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan qamrov darajasi ham 81 foizga tushib ketdi. Oqibatda 24,7 million bola mazkur yuqumli kasallikka chalinish xavfi ostida qoldi. Bu 2008 yildan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Xuddi shunday, poliomielitga qarshi uchinchi bosqichda emlanmagan bolalar soni 2019 yilga solishtirganda 6,7 million nafarga ko‘paygan. 3,5 million nafar qiz esa bachadon bo‘yni saratoni xastaligining oldini oluvchi vaksinalarning hech bir dozasini olmagan.

Ushbu raqam 2020 yilga nisbatan 2 million, 2019 yilga taqqoslaganda esa 6 million nafarga ko‘pdir.

“Bu kelajak avlod salomatligi uchun katta tahdid, — deydi YuNICEFning ijrochi direktori Ketrin Rassel. — To‘g‘ri, pandemiya oqibatlari, karantin cheklovlari pasayish tendensiyasiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ammo hozir avvalgidek koronavirusdan himoyalanish uchun uyda ihotalanayotganimiz yo‘q. Demak, COVID-19 pandemiyasi farzandlarimiz sog‘ligi, taqdirini xatar ostida qoldirishimiz uchun bahona bo‘la olmaydi.

Hozir bu masalaga e’tiborsiz qarasak, kelgusida yanada og‘irroq epidemiyalar va ularning xavfli asoratlariga ro‘baro‘ kelishimiz muqarrar».

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda so‘nggi yillarda boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlashlar bilan qamrov darajasi 95-98 foizni tashkil etyapti. Mamlakatimizda 2003 yildan buyon emlashdan so‘ng nojo‘ya holatlar ro‘yxatga olingani yo‘q.

Immunizasiya tadbirlarining muntazam va samarali olib borilishi natijasida 1996 yildan buyon respublikamizda poliomielit kasalligi tugatilgan va O‘zbekiston 2002 yilda “Poliomielitdan xoli hudud”, 2017 yilda esa “Qizamiq va qizilchaning 36 oylik eliminasiyasiga erishgan hudud” nomli xalqaro sertifikatlarni olishga muvaffaq bo‘lgan.

Category

Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipiscing elit ut arcu a dignissim suscipit non ac eget tellus in nisl mauris nec.

Author Image Link

Sarah Taylor

Obstetrics & Gynaecology