Qashqadaryo viloyatida zamonaviy rentgen diagnostikasiga keng yo‘l ochildi!

  • Home
  • Qashqadaryo viloyatida zamonaviy rentgen diagnostikasiga keng yo‘l ochildi!
Shape1
Shape2
Qashqadaryo viloyatida zamonaviy rentgen diagnostikasiga keng yo‘l ochildi!

Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Maslahat poliklinikasida viloyatimizda yagona bo‘lgan, Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali Titan 2000 sefirovay rentgen apparati to‘liq ish jarayonida faoliyat olib bormoqda.
Mazkur zamonaviy tibbiy uskuna bugungi kunda aholiga sifatli va ishonchli diagnostika xizmatlarini ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu qurilma eng so‘nggi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bemorlar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.
Apparat yordamida tekshiruv jarayonlari tezkor va yuqori aniqlikda amalga oshirilmoqda.
Bu esa o‘z navbatida shifokorlarning to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yish imkoniyatini yanada kengaytirib bermoqda.

🎯 Titan 2000 rentgen apparatining asosiy ustunliklari quyidagilardan iborat:
U yordamida suyak va ichki organlarning batafsil va tiniq tasvirlari olinadi.
Ushbu qurilma orqali bemorlarga ortiqcha vaqt va navbatlarsiz xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.
Apparatda nurlanish darajasi minimum darajada bo‘lib, bemorlar salomatligiga zarar yetkazmaslik asosiy mezon sifatida qaraladi.
Zamonaviy interfeys va qulay boshqaruv tizimi orqali natijalar tezkorlik bilan olinadi.

📌 Quyidagi yo‘nalishlarda keng qamrovli rentgen tekshiruvlari olib boriladi:
Ko‘krak qafasi flyurografiyasi amalga oshiriladi.
Bel umurtqalari va bo‘yin umurtqalari tekshiriladi.
Tizza bo‘g‘imlari va son-chanoq bo‘g‘imlari chuqur diagnostika qilinadi.
Barcha suyak tizimi, shuningdek, umurtqa pog‘onasi to‘liq ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Gaymorit bo‘shliqlari yuqori aniqlikda ko‘riladi.
Ko‘krak qafasining umumiy holati baholanadi.
Obzor va ekskretor urografiya ishlari olib boriladi.
Miktsion tsistografiya va uretrogramma tekshiruvlari amalga oshiriladi.

🩺 Barcha rentgen tekshiruvlari malakali va tajribali rentgen-laborant —
Axmedov Baxtiyor Ravshanovich tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

✅ Zamonaviy texnologiya — sifatli tibbiy xizmat kafolati.
✅ Sog‘lom inson — sog‘lom jamiyat poydevori.
✅ Biz sog‘lig‘ingiz uchun doimo xizmatdamiz!