Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining MRT bo‘limi 2020-yil may oyidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bo‘lim mudiri Rustamov Zafar Yodgorovich boshchiligidagi jamoa tomonidan zamonaviy Philips Ingenia 1.5 Tesla magnet-rezonans tomografiya apparati orqali turli murakkab tashxislar yuqori aniqlikda amalga oshirilmoqda.
Mazkur MRT apparati bosh miya kasalliklari, tayanch-harakat tizimi patologiyalari, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a’zolarining turli xastaliklarini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, markazda bosh miya va bo‘yin umurtqalari anгиографияси, xolangografia kabi yuqori texnologik maxsus tekshiruvlar ham ohirgi talablarga muvofiq bajarib kelinmoqda.
Bo‘limda 4 nafar radiolog shifokor, 3 nafar MRT operatori va 1 nafar texnik mutaxassis faoliyat yuritadi. Mutaxassislarning malakasi, zamonaviy uskuna imkoniyatlari hamda diagnostika jarayonidagi yondashuvlar tekshiruvlarning aniq va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
E’tiborga molik jihatlardan biri — MRT bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Milliy radiologiya markazi bilan hamkorlikda telemeditsina tizimi yo‘lga qo‘yilganidir. Bu esa bemorlarga eng murakkab tashxislar bo‘yicha ham tezkor, aniq va ilmiy asoslangan xulosalar berish imkonini yaratmoqda.
Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi MRT bo‘limi bugun zamonaviy tibbiy texnologiyalar, yuqori malakali mutaxassislar va ilg‘or diagnostika uslublari uyg‘unlashgan maskan sifatida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim o‘rin tutmoqda.