Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yana bir zamonaviy jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

  • Home
  • Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yana bir zamonaviy jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Shape1
Shape2
Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yana bir zamonaviy jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida “Prostata bezi adenomasi” tashxisi bilan murojaat qilgan bemorga kam invaziv usulda “Prostata bezining transuretral rezeksiyasi (TUR)” amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

Mazkur operatsiyaning afzalligi shundaki, u tashqi kesmasiz, ya’ni siydik yo‘li orqali bajariladi. Shu boisdan bemorning tiklanish jarayoni ancha tez kechadi, u qisqa muddat ichida odatdagi hayot tarziga qaytadi.

Bunday yuqori texnologik usulda o‘tkaziladigan operatsiyalar bemor uchun qulaylik, shifokor uchun esa aniqlik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Amaliyot jarayonida zamonaviy endoskopik uskunalar qo‘llanilib, prostata bezining o‘sma qismi maxsus optik asboblar yordamida ehtiyotkorlik bilan olib tashlandi.

Markaz urologiya bo‘limi shifokorlari ta’kidlashicha, bunday turdagi operatsiyalar erkaklar salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, prostata bezi adenomasi kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun kam invaziv jarrohlik usullari xavfsiz, og‘riqsiz va samarali natijani beradi.

🔹 Ma’lumot uchun:
Prostata bezining transuretral rezeksiyasi (TUR) — bu prostata bezi kattalashganda siydik chiqarishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan zamonaviy jarrohlik usuli bo‘lib, dunyo miqyosida eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biridir.