Gap shundaki, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Laboratoriya bo‘limi tubdan isloh qilindi. Mahalliy byudjet va tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi va boshqa mablag’lar hisobidan 2 mlrdga yaqin uskuna va reagentlar xarid qilindi.
Natijada bir vaqtning o‘zida 72 turdagi klinik, bioximik, immunologik laborator tekshiruvlari olinib, tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lindi.
Hozirda bir kunlik tahlillar olish xajmi o‘rtacha 2200dan oshadi.
Avvallari aholimiz torch, garmonlar tahlili, transplantant bemorlar uchun zarur tahlillarni olish uchun xususiy klinikalar yoki respublikamiz poytaxtiga ketishiga to‘g‘ri kelardi. Bu esa ko‘p mablag‘ va uzoq vaqt sarflashga sabab edi. Bu tibbiy uskunalar o‘zimizda bo‘lgani, shunday ovoragarchiliklarni oldini olyabdi» -deydi laboratoriya boshlig‘i U.Yusupov
Ma’lumot o‘rnida, Laboratoriyada 17 nafar shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari ishlab kelmoqda!